Forum 6-7 noyabr kunlari Toshkentda ilk bor Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi (EUROUZ) shafeligida Enera guruhi ko‘magida o‘tkazilmoqda.
Tadbir Yevropa Ittifoqi va O‘zbekistonning yuqori darajali siyosiy va biznes vakillarini birlashtirib, sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, yangi sarmoyaviy imkoniyatlarni o‘rganish va har tomonlama iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
400 dan ortiq sammit ishtirokchilarini Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Janobi Oliylari Tayvo Klaar kutib oldi.
Yevropa iqtisodiyoti kunlarining birinchi kuni O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar, JSTga a’zo bo‘lish, global ta’minot zanjirlariga integratsiyalashuv va boshqa dolzarb masalalarga bag‘ishlanadi.
Yevropa-O‘zbekiston Iqtisodiy Hamkorlik Assotsiatsiyasi (EUROUZ) xalqaro biznes assotsiatsiyasi va O‘zbekistondagi Yevropa Savdo palatasi bo‘lib, o‘z a’zolariga maqsadli bozorni tushunish, yanada mustahkam biznes aloqalarini o‘rnatish hamda davlat va xususiy manfaatdor tomonlar bilan muloqotni osonlashtirishda har tomonlama yordam beradi.