YANGILIKLAR

Italiyada Saneg avtomobil moylarini ishlab chiqarish va sotish boshlandi

Saneg Oil Italy kompaniyasi Italiyada 10 ta yangi Saneg motor moylarini ishlab chiqarish va sotish ishlarini boshladi.
Ular orasida Saneg Premium Dex 0W-20 hamda 5W-30 sintetik motor moylari mavjud bo‘lib, ular BMW (LL -04), Mercedes-Benz (MB 229.51), Volkswagen (VW 505.00/505.01), Fiat (9.55535-S2), Ford (WSS M2C917-A), Porshe (A40) kabi avtomobil ishlab chiqaruvchilarning talablariga javob beradigan Dexos 1 Gen 3, Saneg Premium C3 5W-40 dopusklariga muvofiq GM tomonidan ma’qullangan retseptura asosida ishlab chiqarilgan.

Mahsulotlarning alohida liniyasi - Saneg Extra CNG-LPG – gazda ishlaydigan dvigatellar uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, Saneg Premium Dex 0W-20 texnologiyasi gibrid avtomobillar dvigatellarida qo‘llash imkonini beradi. Motor moylaridan tashqari, mexanik va avtomatik, shu jumladan, so‘nggi avlodga oid (Saneg Driveline ATF DX IV) transmissiyalar uchun dvigatellar Saneg mahsulotlari qatoridan o‘rin olgan.

Mahsulotlar Italiyadagi distribyutorlik tarmog‘i orqali sotiladi va boshqa Yevropa mamlakatlariga ham tarqaladi. Sentyabr oyidan boshlab Saneg motor va transmissiya moylari O‘zbekistonda sotuvga chiqariladi.

“Sanegning yengil avtomobillar uchun motor va transmissiya moylari liniyasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani kompaniyamizni texnologiya va sifat bo‘yicha yetakchiga aylantirish yo‘lidagi muhim qadamdir, – deb ta’kidladi “Saneg” bosh direktori To‘lqin Yusupov. - Endi biz yevropalik iste’molchilarga eng zamonaviy avtomobillar uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni taklif qilishimiz mumkin va tez orada O‘zbekiston avtomobilchilari ham ularni xarid qilishlari uchun imkoniyat yaratiladi”.