YANGILIKLAR

Samarqand viloyatida mintaqadagi eng yirik logistika markazi ochiladi

“Marakand Logair" kompaniyasi (SEG Enera investitsiya-sanoat guruhi boshqaruvi konturiga kiradi) Samarqand viloyatida “Logopark Samarkand” – A toifali eng yirik multimodal transport-logistika markazini ochadi. Shu paytgacha subyektd bunday miqyosdagi obyektlar bo‘lmagan. Ochilish 2025yilning ikkinchi choragiga rejalashtirilgan.

Jahon andozalari darajasidagi logopark qurilishi joriy yilning fevral oyida boshlangan edi. 40 ming kvadrat metrdan ziyod maydonga ega Markaz yetakchi xalqaro va mahalliy e-commerce, distributorlik, ishlab chiqarish va logistika kompaniyalarining mahsulotlarini joylashtirishga qaratilgan.

Majmua barcha haroratli saqlash sharoitlariga ega binolarni, shuningdek, keng turdagi yordamchi xizmatlar va obyektlarni o‘z ichiga oladi.

Marakand Logair allaqachon omborxona faoliyatini tashkil etish va ijaraga berish bo‘yicha shartnomalar tuzishni boshlagan.

“Samarqand viloyatida ham ichki, ham xalqaro tovar ayirboshlashning jadal o‘sish sur’atlarini inobatga olgan holda zamonaviy omborxona maydonlariga katta miqdordagi qondirilmagan talab mavjud. Potensial mijozlarga import qilinadigan tovarlarni bojxona tartib-qoidalaridan o‘tmasdan uzoq muddatli saqlash uchun quruq, sovuq hamda bond omborlarini taklif qilishga tayyormiz. Ishonchimiz komilki, markazning xizmatlari O‘zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilariga o‘z mahsulotlarini ham mamlakat ichida, ham xorijda sotishga yordam beradi”, – dedi “Marakand Logair” bosh direktori Ikrom Yadgarov.

Yangi logistika markazi yetkazib berish zanjirlari va ularning yetkazib berish muddatlarini sezilarli darajada qisqartiradi, shuningdek, yuk tashishning manevr qobiliyatini oshiradi, deya qayd etishdi “SEG Enera” kompaniyasi vakillari.

“Logoparkning qurilishi guruhimiz uchun biznesning yangi, juda istiqbolli va ko‘p jihatdan mantiqiy yo‘nalishi hisoblanadi. Logistika markazi qulay joyda – O‘zbekiston Respublikasining asosiy magistral yo‘lida (M-37), boshqa sho‘ba korxonamiz – “Air Marakanda” tomonidan boshqariladigan Samarqand xalqaro aeroportiga tutash hududda joylashgan. Birgalikda bu sezilarli sinergik samara beradi – biz o‘z mijozlarimizga to‘laqonli transport-logistika klasterini va qulay xizmat ko‘rsatish shartlarini taklif qilishimiz mumkin”, - deb ta’kidladi SEG Enera guruhining M&A direktori Dmitriy Kochiyev.

Aytish joizki, SEG Enera guruhi bugungi kunda Samarqand viloyatida bir qator investitsiya loyihalarini ishlab chiqmoqda. Viloyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan aeroport hamda “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasidan tashqari Ferkensko fosforli o‘g‘itlar zavodi rekonstruksiya qilinmoqda. Bundan tashqari, kompaniya Samarqand xalqaro texnologiya universiteti kampusi qurilishini yakunlamoqda.

Ma’lumot uchun:

SEG Enera – O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining neft-gaz sanoati, metallurgiya, gaz va neft-kimyo, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, elektroenergetika, logistika, IT, sog‘liqni saqlash, turizm va qishloq xo‘jaligi kabi turli tarmoqlarida diversifikatsiyalangan aktivlar portfeliga ega investitsiya-sanoat guruhi.

2022-yilda aktivlarni yagona boshqaruv tizimi doirasida birlashtirish, joriy faoliyat samaradorligini oshirish hamda yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish maqsadida tashkil etilgan.

Xodimlar soni 15 ming kishidan ortiq. SEG Enera kompaniyasining bosh qarorgohi Toshkent shahrida joylashgan. Internet-sayti – enera.uz.

Marakand Logair 2021-yilda tashkil etilgan loyiha kompaniyasi bo‘lib, aeroport hududlarini kompleks rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni boshqarishga ixtisoslashgan.