TEM-9 va TEM-14 markali beshta yangi manevrli teplovozlar Teg Heavy Projects temir yo'l harakatlanuvchi tarkibini to'ldirdi (SEG Enera kompaniyalar guruhiga kiradi). Lokomotivlar Samarqanddagi kimyo majmuasida o'g'it ishlab chiqarish uchun xom-ashyo yetkazib beradi.
TEM-9 va TEM-14 yangi avlod teplovozlari hisoblanadi. Konstruksiyasining asosida - 1200 va 2400 ot kuchiga ega quvvatli moslamalar bor. Lokomotivlar soatiga 100 km tezlikka erisha oladi va mahalliy iqlim sharoitida +60°C gacha bo'lgan havo haroratida uzluksiz ishlaydi. Teplovozlar mashinani nazorat qilish, boshqarish va diagnostika qilish uchun mikroprotsessor bilan jihozlangan. Harakatlanuvchi texnikani yordamchining ishtirokisiz bitta mashinist boshqarishi mumkin.
Yangi teplovozlar fosfor konsentratini Navoiy viloyatidagi "Neofos" boyitish fabrikasidan Samarqanddagi "Samarqandkimyo" o'g'it ishlab chiqarish zavodiga olib boradi (SEG Enera kompaniyalar guruhiga kiradi). Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish 2024 yilga mo'ljallangan.
"TEG Heavy Projects o'z harakatlanuvchi tarkibining imkoniyatlarini oshirib, hamkorlari uchun eng yaxshi logistika sharoitlarini yaratmoqda. Samarqanddagi kimyoviy kompleksga yiliga 1,3 mln tonnagacha xomashyo yetkazib berish talab etiladi. Beshta yangi teplovozlar va mavjud vagon parki bunday ehtiyojni to'liq qondira oladi va yangi ishlab chiqarishning uzluksiz ishlashini ta'minlaydi", - dedi TEG Heavy Projects bosh direktori Sultonbek Qayumov.