Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi hududida maydoni 11 769 m² bo‘lgan yangi metall konstruksiyalar zavodi hamda ta’mirlash-mexanika ustaxonasi qurilishi davom etmoqda.
Ushbu loyiha yiliga 8 ming tonnagacha metall konstruksiyalar ishlab chiqarish imkonini beradi va zavodning texnologik uskunalarini ta’mirlashni ta’minlaydi.
Zavodning asosiy vazifalari qatoriga import o‘rnini bosuvchi butlovchi qismlar va yirik o‘lchamli metall konstruksiyalar ishlab chiqarish, shuningdek, avtotransport va avtosisternalarga servis xizmati ko‘rsatish kabilar kiradi.
Qurilishni yakunlash va foydalanishga topshirish 2024-yil oxiriga rejalashtirilgan. 160 ta ish o‘rni yaratish ko‘zlangan.