YANGILIKLAR

”SEG Enera”da boshqaruv kompaniyasining barcha xodimlari ishtirokida 2023-yildagi faoliyat yakunlarini sarhisob qilish va guruhni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashga bag‘ishlanga

"SEG Enera"da boshqaruv kompaniyasining barcha xodimlari ishtirokida 2023-yildagi faoliyat yakunlarini sarhisob qilish va guruhni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashga bag‘ishlangan taunxoll bo‘lib o‘tdi.

SEG Enera bosh direktori Timofey Smirnov muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish holati hamda operatsion aktivlar samaradorligini oshirish rejalari haqida so‘zladi.

Biznesni transformatsiyalash bo‘yicha boshqaruvchi direktor Nikolay Butvina boshqaruv tizimini yaratishning asosiy vositalarni taqdim etdi. M&A bloki rahbari Dmitriy Kochiyev SEG Enera kompaniyasining yangi strategik bizneslarini rivojlantirish haqida so‘z yuritdi, operatsion aktivlar ishlari natijalarini moliyaviy hisobot departamenti direktori Andrey Matyuxov taqdim etdi.

Alohida blok “Enera Aniqlik” fabrikasi doirasidagi barcha guruh kompaniyalari uchun yakuniy moliyaviy xizmatlarni joriy etishga bag‘ishlandi. Muvaffaqiyatli joriy etilgan buxgalteriya hisobi, soliq hisobi hamda MHXS hisobotlarini shakllantirish amaliyotlarini “SEG Enera” bosh hisobchisi Yevgeniya Grinenko namoyish etib berdi, “Enera Aniqlik” bosh direktori Shuхrat Каmbarov sho‘ba korxonaning loyihalarni boshqarishni qo‘llab-quvvatlash vositalarini ishlab chiqish rejalariga batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, sessiyalardan biri guruh kompaniyalarining barcha biznes-jarayonlarini raqamlashtirish sohasidagi loyihalarga bag‘ishlangan bo‘lib, bu haqda IT va raqamlashtirish bo‘yicha direktor Vyacheslav Sundukov batafsil so‘zlab berdi.

Taunxoll doirasida ilk marotaba oyning eng yaxshi xodimi ham taqdirlandi, ovoz berish natijalariga ko‘ra moliya institutlari bilan ishlash bo‘limi rahbari Aleksandr Grigoryan ushbu e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, jamoa yig‘ilishlarini rahbarlar biznes natijalari haqida so‘zlab beradigan, yangiliklar bilan bo‘lishib, jamoa a’zolarining savollariga javob qaytaradigan taunxoll formatida o‘tkazish kompaniyada odatiy amaliyotga aylangan. Ochiqlik, ishonch va qo‘llab-quvvatlash muhitini shakllantirish “SEG Enera” korporativ madaniyatining ajralmas qismidir. Kompaniya xodimlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratadi. Ilgari shu maqsadda “SEG Enera” Yetakchilar maktabi yaratilgan edi.
2024-07-08 15:58