YANGILIKLAR

Air Marakanda va China Southern Airlines aviakompaniyasi tarixda birinchi marta Samarqand va Urumchi (Xitoy) orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviatashuvlarini ochishdi

Air Marakanda kompaniyasi China Southern Airlines aviakompaniyasi bilan hamkorlikni boshladi, uning doirasida tarixda birinchi marta Urumchi shahriga birinchi reys ishga tushirildi. Aviakompaniya Xitoydan Samarqandga reyslarni bajaruvchi birinchi tashuvchi bo‘ldi.

Urumchiga reysni tantanali ochish marosimi Samarqand xalqaro aeroportining terminalida bo‘lib o‘tdi, u yerda Urumchidan birinchi reys yo‘lovchilari uchun mavzuviy fotozona, shirinliklar bilan choy marosimi, hamda samarqandlik tut qog‘ozida bajarilgan xitoy tilidagi kalligrafik yozuvlar uchun zona tashkillashtirildi.

Birinchi reysni ochish marosimida Air Marakanda kompaniyasi va China Southern Airlines aviakompaniyasi rahbarlari, hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Samarqand mintaqaviy bo‘linmasi rahbari Rustam Qobilov ishtirok etdi.

An’ana bo‘yicha havo kemasini Samarqand aeroportining aerodromida suv arki qarshi oldi, Xitoydan birinchi yetib kelgan yo‘lovchilarni karnay va surnay sadolari ostida musiqachilar olqishladilar.

Tadbir doirasida, shuningdek, Air Marakanda kompaniyasi Bosh direktori Anton Xodjayan, Air Marakanda kompaniyasining kommersiya bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Artyom Pak, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Samarqand mintaqaviy bo‘linmasi rahbari Rustam Qobilov va Toshkent shahridagi China Southern Airlines vakolatxonasining Bosh direktori Shen Yi ishtirokida matbuot-anjumani o‘tkazildi. Matbuot-anjumani davomida ishtirokchilar Samarqand va Urumchi o‘rtasida ishga tushirilgan aviatashuvning katta imkoniyatlarni ta’kidlab o‘tishdi, hamda ikki davlat o‘rtasida turizm va savdo sohalarida yanada istiqbolli rivojlanishlarni muhokama qildilar. Bundan tashqari, ishtirokchilar yaqin vaqt davomida Xitoydan Samarqandga yangi yo‘nalishlarni yana ochish bo‘yicha rejalarni ifoda etdilar.

Xitoydan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni ochilishi ko‘p asrlar avval asos solingan Buyuk Ipak yo‘lini mantiqiy davomi bo‘lib qoldi.

Endi Samarqanddan Xitoyning shimoliy-g‘arbidagi Sinszyan-Uyg‘ur avtonom tumanining siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaziga uchib o‘tishni har dushanba tungi soat 01:30da amalga oshirish mumkin. Samarqandga Urumchi xalqaro aeroportidan qaytish reysi har yakshanba kunlari soat 23:30ga rejalashtirilgan. Barcha reyslar - biznes klass va ekonom klass - ikki sinf komponovkadagi Boeing 737-800 zamonaviy havo kemalarida bajariladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

Urumchi dunyoda dengizdan ancha uzoqda joylashgan yirik shahar hisoblanadi. Urumchi aeroportining yo‘nalish tarmog‘i 69ta ichki yo‘nalishlardan tashkil topgan bo‘lib, u yo‘lovchilarga Xitoy Xalq Respublikasining yirik ishbilarmonlik, sanoat va turistik shaharlariga tashrif buyurish uchun Urumchi aeroportidan foydalanishlari imkonini beradi.

China Southern Airlines — Xitoyning eng yirik aviatashuvchisidir, aviakompaniyaning floti havo kemalari soni bo‘yicha Osiyoda 1-o‘rinni egallab kelmoqda. China Southern Airlines 850dan ortiq yo‘lovchilarni va yuk transport, shu jumladan Boeing B787, B777, B747 va B737, hamda Airbus A330, A321, A320, A319 va ARJ21 samolyotlaridan foydalanib kelmoqda. China Southern dunyoning 40 mamlakatlari va mintaqalariga 224 yo‘nalishlar bo‘yicha 3000dan ortiq kundalik reyslarni bajaradi.