Saneg neft qazib olishni ko‘paytirmoqda. Agar 2020-yilda o‘z operatsion faoliyatini boshlaganida 498,4 ming tonna suyuq uglevodorodlar qazib olingan bo‘lsa, 2023-yilda natija 594,6 ming tonnani tashkil etdi. 2024-yilda ish hajmini 20 foizga oshirib - 711,8 ming tonna neft qazib olish rejalashtirilgan.
Joriy yilning birinchi choragi natijalari shuni ko‘rsatadiki, bu rejalarga erishish oson.
2019-yil dekabr oyida O‘zbekistondagi bir qator konlar Sanegga o‘tkazildi. Konlar o‘tkazilgan vaqtda o‘rtacha kunlik neft qazib olish sutkasiga 1200 tonnadan oshmagan. Bugungi kunga kelib, guruh jamoasining sa’y-harakatlari nafaqat neft qazib olishni sutkasiga 1800 tonnagacha oshirishga erishdi, balki o‘tgan yillar tendensiyasi bilan belgilanadigan yillik 28% qazib olishning tabiiy pasayish sur’ati bilan bog‘liq yo‘qotishlarni qoplashga muvaffaq bo‘ldi.
Birgina 2023-yilda Saneg tomonidan boshqariladigan konlarda burg‘ilashdan so‘ng 46 ta yangi quduq foydalanishga topshirildi. Andijondan Ustyurtgacha bo‘lgan yana 248 ta quduqda geologik-texnik tadbirlar amalga oshirildi.
Bundan tashqari, neft qazib olishning ortish bo‘yicha o‘tgan yilning alohida yutuqlarini qayd etish zarur: Chegara (qazib olish 9 barobar o‘sgan), Sardob (qazib olish 15 barobar o‘sgan), Yangi Qoratepa (38 barobar o‘sish), shuningdek, Shimoliy O‘rtabuloq, Sharqiy, G‘arbiy Toshli va Xo‘jaobod konlarida o‘sish kuzatilgan.
Sanegning neftni qayta ishlash bo‘yicha rejalari ham amalga oshirilmoqda. Shunday qilib, kompaniyaning asosiy aktivi bo‘lgan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi joriy yil oxirigacha 2 million tonna xomashyoni qayta ishlash darajasiga yetadi. Birinchi chorak ko‘rsatkichi 312,1 ming tonnani tashkil etdi.
Dastlab bunday yuqori darajadagi qayta ishlash Saneg tomonidan Farg‘ona NQIZda amalga oshirilayotgan modernizatsiyaning bosqichlari tugagandan keyingina rejalashtirilgan edi. Ammo bunday natijaga biznes-jarayonlarning tizimli reinjiniringi va ilg‘or uskunalarni jadal joriy etish tufayli ham erishish mumkin bo‘lmoqda.
Bunday yutuqlarning xaqiqatga yaqinligi 2023-yil yakunlarida ham namoyon bo‘ldi: qayta ishlash darajasi o‘tgan yilga nisbatan 37,5% ga o‘sdi – 1 280 ming tonna qayta ishlangan, shu jumladan, 448 ming tonna import qilingan xomashyoga yetdi.
Tabiiyki, bu neft mahsulotlarini sotish hajmining 970 ming tonnagacha o‘sishiga olib keldi, bu 2022-yilga nisbatan 54,8 foizga ko‘p. Asosiy neft mahsulotlariga dizel yoqilg‘isi, benzin va bitum kiradi.
Farg‘ona NQIZ faoliyatidagi bunday barqaror o‘sish tendensiyasi Saneg 2020-yil ushbu aktivning ishonchli boshqaruvchisiga aylanganidan beri kuzatilmoqda. Konlarda ham neft qazib olish ko‘rsatkichi o‘smoqa.
Saneg yangi va yaroqsiz konlarni o‘zlashtirishga faol investitsiya kiritishni boshlanganidan beri ularning ishlab chiqarish sur’atlari 42% ga oshdi (2019-yili– 420 ming tonna, 2023-yili– 594,6 ming tonna), uglevodorod qazib olishning yillik tabiiy pasayish sur’ati esa 28% ni tashkil etdi.