YANGILIKLAR

Ferkensco Istanbuldagi xalqaro konferensiyada investitsiya loyihalarini taqdim etdi

Istanbulda "Argus Fertilizers 2023 Caspian, Black Sea and Eastern European markets" xalqaro konferensiyasi bo'lib o'tdi. Tadbirga Ferkensco kompaniyasi homiylik qildi.

Argus - yetakchi xalqaro narx agentligi bo'lib, 40 yildan ortiq vaqt davomida mineral o'g'itlar va energiya bozorlaridagi vaziyatni yoritib keladi, tovar-xom ashyo bozorlaridagi voqealar va tendensiyalarni tahlil qiladi. Argus tahlillari 140 mamlakatda biznes vakillari, tartibga soluvchilar va soliq organlari tomonidan qo'llaniladi.

Istanbul konferensiyasi 30 ta mamlakatdan 400 dan ziyod ishtirokchilarni to‘pladi - bular Yevropa, Osiyo va Afrikadan mahsulot ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar, treyderlar va logistika operatorlari, moliya kompaniyalari va texnologiya yetkazib beruvchilaridir. Kelgusi yillarda Kaspiy va Qora dengizlardan eksportni belgilaydigan ishlab chiqarish, hajm va etkazib berish usullarini rivojlantirish istiqbollari asosiy mavzu bo'ldi.

Istanbulda Ferkensco investitsiya loyihalarini taqdim etdi: Samarqandkimyo va Qorako‘lkimyo kimyoviy komplekslari. Samarqanddagi zavod yiliga 370 000 tonnagacha monoammoniy fosfat (MAP, 12:52) va 540 000 tonnagacha NPK azot-fosfor-kaliyli kompleks o'g'it ishlab chiqaradi, Qorako'ldagi korxona - 495 000 tonnagacha ammiak va 594 000 tonnagacha karbamid ishlab chiqaradi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish fosfor va azotli mineral o'g'itlarga bo‘lgan ichki bozor talabini qondiradi, shuningdek tayyor mahsulotlarni boshqa mamlakatlarga eksport qilishni yo'lga qo'yadi.

"Konferensiya maydonchasi ajoyib netvorking va yaqin orada jahon bozorida mineral o'g'itlar sanoatida munosib o'rin egallaydigan Ferkensco loyihalarini e'lon qilish imkoniyati bo'ldi. Bo'lajak sheriklar bilan bir qator uchrashuvlar bo'lib o'tdi, ular bilan kelajakda yangi hamkorlik yo'laklarini ochishni rejalashtirmoqdamiz", - dedi Ferkensco rahbari Timur Jurayev.