YANGILIKLAR

SEG Enera — Xalqaro IT-direktorlar akademiyasi uchrashuvining ishtirokchisi

Samarqandda Silk Road Samarqand sayyohlik markazida (SEG Enera guruhining boshqaruv konturiga kiradi) Xalqaro IT-direktorlar akademiyasining (International Academy of CIO (IAC)) UZBEKISTAN INTERNATIONAL CIO SUMMIT 2023 yillik yig'ilishi bo'lib o'tdi. Sammit doirasida SEG Enera jamoasi IT vositalarini sanoatga joriy etish tajribasi bilan o'rtoqlashdi.

Sammitga 50 ta davlat, shu jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlarining IT-yetakchilari tashrif buyurishdi. "Raqamli dunyo - CIO uchun chaqiruv" uchrashuvida davlat va korporativ darajasida raqamli innovatsiyalarni joriy etish tajribasi ko'rib chiqildi, shuningdek, IAC va Markaziy Osiyo ishtirokchi mamlakatlari uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Samarqand sammitida SEG Enera sanoatni avtomatlashtirish va optimallashtirish tizimlari idorasi neft va gaz sanoatida mashinada o'rgatish algoritmlarini joriy etish tajribasi bilan o'rtoqlashdi. Rahbar Dmitriy Krikunov hamkasblariga sanoat kompaniyalari mashinada o'rgatish va sun'iy intellekt algoritmlarini amalga oshirishda duch keladigan qiyinchiliklar haqida gapirib berdi, shuningdek, bunday loyihalarni amalga oshirish bo'yicha tavsiyalar bilan o'rtoqlashdi.