2025-yil 27-fevral kuni Toshkentda "Scaling up. Getting Uzbek companies ready for IPO" – emitentlar, regulyatorlar, vazirliklar, maslahatchilar va Toshkent hamda London fond birjalari vakillari o‘rtasidagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbir dasturi mahalliy va xalqaro bozorlarga chiqishning muvaffaqiyatli strategiyalariga bag‘ishlangan bir qator sessiyalarni o‘z ichiga oldi.
Forum ma’ruzachilari IPOga sifatli tayyorgarlikning roli katta ekani, bu nafaqat ommaviylik yo‘lidagi bosqich, balki kompaniyaning muvaffaqiyatli kelajagi garovi ekanligini ta’kidladilar. Tushunarli strategiya, shaffof moliya va kuchli menejment ko‘p jihatdan samarali birlamchi joylashtirishning asosiy omillari hisoblanadi.
"Emitentlar investorlar va brokerlar nigohida" sessiyasiga Enera guruhi IR direktori Konstantin Golota moderatorlik qildi.
Muhokama ishtirokchilari moliyaviy hisobotlarni to‘g‘ri optimallashtirish va investorlar uchun shaffofligini ta’minlash, korporativ tuzilmani takomillashtirish va eng yaxshi boshqaruv amaliyotlarini joriy etish, shuningdek, anderrayterlarni to‘g‘ri tanlash bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Bundan tashqari, kompaniya va uning qadriyatlarini ommaviy maydonda targ‘ib qilish va uni maqsadli auditoriyalar oldida malakali taqdim etish mavzusi ko‘rib chiqilgan masalalar qatorida bo‘ldi.
"Reputatsiya ham sotib olib bo‘lmaydigan, lekin IPO jarayonida katta dividendlar keltirishi mumkin bo‘lgan aktivdir. Investorlarning kompaniya imidji va tarixiga asoslangan ishonchi, uning bozorga kirish muvaffaqiyatini belgilovchi hal qiluvchi omil bo‘lishi mumkin", – dedi Enera kompaniyasining investorlar bilan ishlash yo‘nalishi rahbari Konstantin Golota IPOga oldindan tayyorgarlik ko‘rish hamda investorlar bilan ishonchli va samarali munosabatlarni o‘rnatish muhimligini ta’kidlar ekan.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, bunday sessiyalar qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish soni va sifatini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston fond bozori rivojlanishining muhim dvigateli hisoblanadi.