YANGILIKLAR

SEG Enera Германия kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

SEG Enera kompaniyalar guruhi O‘zbekistondagi Германия iqtisodiyoti ittifoqining (VDWU) rasmiy aʼzosiga aylandi.
Ilgari O‘zbekiston investitsiya-sanoat guruhi Ittifoq bilan hamkorlik qilgan, o‘tgan yilning sentyabr oyida tashkilotning Toshkentda bo‘lib o‘tgan yillik assambleyasida hamkor sifatida ishtirok etgan edi.
“SEG Enera kompaniyalar guruhi Германия ishbilarmon doiralari bilan samarali aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor, jumladan, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda nemis kompaniyalari va moliya institutlarini strategik sheriklar sifatida ko‘rib chiqishga tayyor. Biz Германия tashqi savdo palatalari ittifoqi ishiga qo‘shilishdan mamnunmiz va AHK hamda VDWUni keng ko‘lamli masalalar yuzasidan tarmoq va muloqot uchun yuqori maqomli platformalar deb hisoblaymiz”, dedi SEG Enera bosh direktori Timofey Smirnov.
Ittifoqning O‘zbekistondagi ijrochi direktori Dilfuzaxon Tojiboyeva, o‘z navbatida, SEG Enera bilan samarali hamkorlik qilishiga ishonch bildirib, kompaniyalar guruhining salmoqli salohiyati va loyihalarni amalga oshirishdagi progressiv yondashuvini qayd etdi.
“O‘zbekistondagi Германия iqtisodiy ittifoqi (VDWU) - nemis va o‘zbek ishbilarmon doiralari o‘rtasida ko‘prik bo‘lish bilan birga innovatsiyalar va rivojlanish katalizatori bo‘lib, har ikki davlat uchun yangi imkoniyatlar ufqlarini ochadi, – dedi Tojiboyeva xonim.

Maʼlumot uchun:
O‘zbekistondagi nemis iqtisodiyot klubi (DVK) 1999 yilda tashkil etilgan. 2022 yilda O‘zbekistondagi nemis iqtisodiyoti ittifoqi (VDWU) sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va O‘zbekiston bilan faol ishbilarmonlik aloqalarini olib borayotgan, mamlakatimizda doimiy faoliyat yurituvchi nemis kompaniyalari va tashkilotlarini birlashtiradi.
VDWU Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi huzurida faoliyat yuritadi hamda o‘z faoliyatini Германия iqtisodiyotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi (shtab-kvartirasi Ostona shahrida) bilan yaqin hamkorlikda tashkil etadi.
Ittifoqda 20 dan ortiq kompaniya - rasmiy aʼzolar, shuningdek, norasmiy aʼzolar sifatida 50 dan ortiq korxonalar mavjud.
Ittifoq o‘zbek kompaniyalariga ishbilarmonlik uchrashuvlari va tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish, Germaniyada sanoat ko‘rgazmalari va yarmarkalarida ishtirok etish, bozorni o‘rganish, investorlarni izlashda ko‘mak ko‘rsatmoqda, shuningdek, xodimlarning Germaniyaning etakchi kompaniyalarida malaka oshirishlari uchun imkoniyat yaratuvchi dual taʼlimni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani amalga oshirmoqda.