2025-yilning 9-12-iyun kunlari CAEx ko‘rgazmalar majmuasida Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF) bo‘lib o‘tmoqda.
Uning doirasida sarmoyaviy ko'rgazma tashkil etilmoqda. Asosiy xususiy kompaniyalar o‘z loyihalarini taqdim etib, investorlar salohiyati va istiqbollarini namoyish etmoqda.
Sanoat va investitsiya sektoridagi uchta yirik kompaniyalardan iborat konsortsium yagona stendda namoyish etayapti: Eriell Group, Enter Engineering va Enera.
Enera – mavjud korxonalar va yangi loyihalarni yagona boshqaruv tizimi doirasida birlashtirish maqsadida 2022 yilda tashkil etilgan investitsiya va sanoat xoldingi. Xoldingning flagmani vertikal integratsiyalashgan neft-gaz kompaniyasi Saneg bo'lib, mamlakatdagi neft qazib olishning 80% ulushiga to'g'ri keladi. Kompaniya 2024 yilda o'zining yoqilg'i quyish shoxobchalari tarmog'ini ishga tushirgan holda faol rivojlanmoqda. Xolding tarkibiga polimerlar ishlab chiqarish va uglevodorodlarni qayta ishlash (MTO), kimyo, metallurgiya, transport, turizm va ta'lim sohalaridagi diversifikatsiyalangan aktivlar kiradi.
Forum doirasida panel muhokamalari, strategik kelishuvlar va uchrashuvlar o‘tkaziladi. Xalqaro moliya institutlarining 3000 dan ortiq vakillari, siyosatchilar, iqtisodchilar, dunyodagi eng yirik korporatsiyalar top-menejerlari hamda barqaror rivojlanish, innovatsiyalar va raqamli transformatsiyalar sohasidagi ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Kompaniyalarning TIIF-2025 ko‘rgazmasida birgalikda ishtirok etishi ularning O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishdagi strategik roli va xalqaro investorlar bilan ochiq muloqotga tayyorligini ta’kidlaydi.