YANGILIKLAR

Samarqand xalqaro aeroporti ilk bor yo'lovchilar oqimi o'sishi bo'yicha ACI Europe reytingida yangi toifaga o'tdi

ACI Europe sanoat assotsiatsiyasi tomonidan e'lon qilingan hisobotda Samarqand xalqaro aeroportida yo'lovchilar oqimining ko’rinarli o'sishini tasdiqlagan.
Qiyosiy tahlil 2019 yilning shu davriga nisbatan 196.1% o'sishni ko'rsatib, bu aeroportni birinchi bor yiliga 1 milliondan 5 milliongacha yo'lovchilar toifasiga kiritadi.

Eslatib o'tamiz, Samarqand xalqaro aeroporti 2023-yilda o'z tarixida 1 million ko'rsatkichdan oshib, 1 010 938 yo'lovchiga xizmat ko'rsatgan, bu 2022-yildagi rekord ko'rsatkichdan 104,9% yoki 517 521 yo'lovchiga ko'p.

Bugungi kunda Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminalini boshqaradigan Air Marakanda kompaniyasi 23 ta aviakompaniya bilan faol hamkorlik qilmoqda va Samarqand aeroportidan 18 ta yo'nalish bo'yicha reyslar amalga oshirilmoqda, ulardan 17 tasi xalqaro va 1 tasi mahalliy.