Universitetning vazifasi jahon darajasidagi yuqori malakali muhandis kadrlarni tayyorlashdan iborat. Darslar quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi: “Geologiya va geomuhandislik”; “Konchilik ishi”; “Kimyo muhandisligi”, “Issiqlik energetikasi”, “Xalqaro logistika”, “Qayta tiklanadigan energiya manbalari”, “Raqamli iqtisodiyot”, “Dizayn”, “Axborot texnologiyalari” va “Tadbirkorlik va menejment”.
Mazkur oliy ta’lim muassasasida Amerika, Kanada, Italiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Falastin, Avstraliya, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Tunis, Kamerun, Janubiy Afrikadagi yetakchi taʼlim va ilmiy-texnika markazlarida faoliyat olib borayotgan ilg‘or tajribaga ega professor-o‘qituvchilar va mahalliy mutaxassislar ta’lim jarayonlariga jalb etilgan. Darslar ingliz tilida olib boriladi.
2024-yil boshida 1200 o‘ringa mo‘ljallangan yangi zamonaviy kampus ochilishi rejalashtirilgan.