O'zbekiston, Toshkent shahri, Bunyodkor shoh ko'chasi, 47
Ark Chemical
Kimyo sanoati
380
ming tonna polimer materiallari yiliga
Ark Chemical — polietilen va propilen ishlab chiqarishga ixtisoslashgan neft-kimyo kompaniyasi.
.
Ark Chemical kompaniyasi og‘ir neft fraksiyalarini (nafta) qayta ishlash hamda polietilen va propilen ishlab chiqarish zavodini qurish bo‘yicha operator vazifasini bajaradi.

Maydoni 23,5 gektar boʻlgan korxona Qorakoʻl shahrida (Buxoro viloyati) “Qorakoʻl” EIZ hududida joylashadi. “Ark Chemical” “O‘zbekneftgaz” davlat korporatsiyasi va MTO gaz-kimyo majmuasining qo‘shma loyihasidir.

Neftni qayta ishlash zavodiga neft xomashyosi O‘zbekiston GTL’dan yetkazib beriladi. “ArkChemical” zavodining ishlab chiqarish quvvati yiliga 280 ming tonna polietilen, 100 ming tonna propilen va 50 ming tonna piroliz distillatini ishlab chiqarish imkonini beradi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida tashabbus ko‘rsatilayotgan mazkur loyiha 800 ta yangi ish o‘rni yaratishga xizmat qilmoqda.

SEG Enera — O‘zbekiston Respublikasining strategik investori
MENYU
KONTAKTLAR
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Bunyodkor shoh ko'chasi, 47
OBUNA BO'LING

© 2022-2024
SEG Enera
Barcha huquqlar himoyalangan